O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash va shu asosda mamlakatimiz hududida istiqomat qilayotgan kishilar turmush farovonligini muttasil yaxshilab borishga qaratilgan.
Jahon xo‘jalik yuritish amaliyoti zamonaviy iqtisodiyot uchun umumiy bo‘lgan innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishining samarali strategiyasini tanlash tendensiyalari va mexanizmlarini aniqlash imkoniyatini beradi.